Mutola qilish

Mundarija

5 Amaliy mashg‘ulot

Arxivlash dasturlari bilan ishlash

Ishning maqsadi:

Talabalarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar, axborotlarni siqish usullari, disklarni formatlash haqida tushunchalar berish.

 

 

Qisqacha nazariy ma’lumotlar:

Tizimli dasturning muhim sinflaridan biri xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar ya’ni utilitlar hisoblanadi. Utilitlar(lotincha utilitas-foydali). Bu dasturlar operatsion tizimning imkoniyatlarini to‘ldiradi ya’ni kengaytiradi, yoki musta’qil muhim masalalarni yechishga qaratilgandir. Ular jumlasiga:

  • Nazorat dasturlari(testlash va tashxiz dasturlari). Ular, kompyuter qurilmalarining to‘g‘ri ishlashini tekshirish, nosozliklarni aniqlash, aniqlangan nosozlik sababi va hatto nosozlik joyini ko‘rsatadi.
  • Drayver dasturlari. Kiritish va chiqarish qurilmalari, operativ xotirani boshqarish bo‘yicha operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi. Drayver dasturlari yordamida kompyuterlarga yangi qurilmalarni ulash va ulardan foydalanish yoki mavjudlaridan nostandart foydalanish mumkindir.
  • Upakovka dasturlari(arxivatorlar). Bu dasturlar disklarga axborotlarni siqish yordamida yozish va bir qancha fayl nusxalarini bir arxiv fayl sifatida birlashtirish imkonini beradi.  
  • Antivirus dasturlari. Antivirus dasturlari kompyuter viruslarini yuqishini oldini olish yoki yuqilgan virus alomatlarini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. 
  • Optimizatsiya va disk muxiti sifatini nazorat qilish dasturlari.
  • Axborotlarni tiklash, formatlash va himoya etish dasturlari.
  • Kommunikatsion dasturlar. Boshacha qilib, kompyuterlar orasida axborot almashuvini tashkil etuvchi dasturlar deyiladi.
  • Xotirani boshqarish daturlari.
  • Acronis True Image Home-axborot xavfsizligini kafolatlaydigan dasturlarning integratsiyalashgan paketi.
  • CD-ROM, CD-R va boshqa kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar va boshqa ko‘rinishlardagi dasturlar kiradi.

Axborotlarni siqish usullari. WinRAR,WinZIP dasturlari bilan ishlash.

Arxivator dasturlari-bu disklardagi ma’lumotlar hajmini о‘zgartirib, ularni maxsus fayllarga joylashtiradigan dasturlardir. Ular hajmni о‘zgartirish tezligi va siqish holatlari bilan farqlanadi. Hajmi о‘zgargan ma’lumotlarni saqlovchi fayl- arxiv deb nomlanadi. Arxiv faylning nomi va uch harfdan iborat kengaytmasi, fayl qaysi arxivlash dasturida yaratilganligini bildiradi. Masalan: guruh.rar, fakultet.zip yoki talaba.arj. Windows operatsion tizimi uchun yaratilgan arxivatorlardan biri WinRAR dasturi bilan tanishib chiqaylik. Bu dastur yordamida RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yaratib, yaratilgan arxiv fayllar bilan ishlashimiz mumkin. Dasturni ishga tushirish uchun

amallar ketma ketligi tanlash natijasida quyidagi oyna namoyon bо‘ladi.

Ushbu oyna Windows oynalariga о‘xshab, standart interfeysga ega. U

  • Sarlavxa satri(dastur va arxiv fayl nomlari kо‘rsatiladi)
  • Menyu satri(dasturning hamma buyruqlari joylashgan joy)
  • Uskunalar paneli(asosiy buyruqlarni bajarish uchun mо‘ljallangan tugmalar)
  • Ish sohasi(ishchi papkalar va ular ichidagi ma’lumotlar)
  • Holat satri(arxivdagi fayllar soni va ular haqida ma’lumotlar) lardan tashkil topgandir.

Ushbu dasturda ishlash uchun foydalanuvchi uskunalar panelidagi yordamchi tugmalar va ulardan foydalanish amallarini bilishi lozimdir. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, quyida ular bilan tanishib chiqaylik:

 

Tanlangan fayllarni arxiv faylga qo‘shish. Agar yangi nom ko‘rsatilsa u holda yangi arxiv fayl yaratiladi.

 

Tanlangan papka yo‘nalishi bo‘yicha fayl yoki fayllarni arxivdan chiqarish(tiklash). 

 

Arxivdagi fayllarni xatolarga tekshirish(testdan  o‘tkazish).    

 

Arxiv fayl tarkibini ko‘rish.

 

Fayllarni o‘chirish.

 

Arxiv-fayllarni yoki oddiy fayllarni topish.

 

Foydalanuvchilarga yordam berish uchun arxiv ustasini chaqirish.

 

Ma’lumotni ko‘rsatish.

 

Shikastlangan arxiv-faylni tiklash.

 

Dastur menyusi  bandlaridan tashkil topgandir. Ular bilan musta’qil tanishib chiqing.

Disklarni formatlash. Total Commander dasturi.

Total Commander dasturini ishga tushirish:

buyruqlar ketma ketligini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Izoh: Dasturga kirishning boshqa masalan, ish stoli yoki asosiy myenyu orqali kirish yо‘llaridan foydalanishingiz mumkin.

Natijada quyidagi ishchi oyna namoyon bо‘ladi.

Ushbu oyna:

  • Sarlavxa satri
  • Menyu satri
  • Uskunalar paneli
  • Kompyuter disklari ruyxati
  • Oynada kо‘ringan fayl yoki katalogning saqlangan joyi
  • Ish sohasi(ikki qismdan iborat)
  • Holat satri
  • Ba’zi funksional tugmalar va ularning vazifasi joylashgan satrlardan tashkil topgandir.

Ma’lumotlarning xossasini о‘zartirsh uchun, kerakli fayl yoki papka(lar) “Выделение” menyusi buyruqlaridan foydalanib belgilanadi va “Файлы” menyusidan  “Изменить атрибуты” buyrug‘i tanlanadi. Bu amalni uskunalar yordamida ham bajarishingiz mumkin. Natijada

Ushbu oyna:

  • Sarlavxa satri
  • Menyu satri
  • Uskunalar paneli
  • Kompyuter disklari ruyxati
  • Oynada kо‘ringan fayl yoki katalogning saqlangan joyi
  • Ish sohasi(ikki qismdan iborat)
  • Holat satri
  • Ba’zi funksional tugmalar va ularning vazifasi joylashgan satrlardan tashkil topgandir.

Ma’lumotlarning xossasini о‘zartirsh uchun, kerakli fayl yoki papka(lar) “Выделение” menyusi buyruqlaridan foydalanib belgilanadi va “Файлы” menyusidan  “Изменить атрибуты” buyrug‘i tanlanadi. Bu amalni uskunalar yordamida ham bajarishingiz mumkin. Natijada

oyna namoyon bо‘ladi. Oynadan kerakli atributlar tanlanib о‘zgartiriladi va OK tugmasi bosiladi.

Kerakli fayl yoki papkalarni izlash:

Uskunalar panelidan  “поиск файлов” buyrug‘i orqali ochilgan oynada izlanayotgan fayl yoki papka nomi va uning xossalari kiritilib “Начат поиск” buyrug‘i tanlanadi. Natijada “Результаты поиска” bо‘limidan kiritilgan parametrlarga kо‘ra topilgan ruyxat namoyon bо‘ladi.

Boshqa amallarni musta’qil bajarib kо‘ring