Mutola qilish

Mundarija

Amaliy dasturlar paketi faniga kirish. Dasturlar paketi tushunchasi va qo‘llanilishi. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash uchun qo‘yilgan talablar.

   Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub

bo’lgan dasturlar kiradi.

     Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.

     Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va

u   keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega.

 

Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro bog’langan dasturlar majmui.

1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.

2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab

chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.

3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.

4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.

5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan matn prosessorlari.

6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.

Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar

paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin:

• matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;

• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;

• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;

• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;

• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;

• ma’lumotli-qidirish tizimlari;

• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;

• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;

• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;

• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;

• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;

• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan

integrallashgan amaliy dasturlar paketi.

 

 

Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab

chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.

 

Muammoviy yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketlari

Matnli prosessorlar foydalanuvchi tomonidan hujjat yaratishda matnni bir yerga yig’ish, shakllantirish, tahrir qilishga imkon beruvchi hujjatlar (matnlar) bilan ishlash uchun mo’ljallangan maxsus dasturlar. Odatda ular o’z ichiga matn bloklar va obyektlar bilan ishlash bo’yicha qo’shimcha vazifalarni oladi.

Stol usti nashriyot tizimlari kasbiy nashriyot faoliyati uchun mo’ljallangan va

hujjatlarning asosiy turlari, axborot byulletenlari, qisqa rangli risolalar, hajmli kataloglar va savdo buyurtmalari, ma’lumotnomalar ko’rinishidagi keng turlitumanligini elektron amalga oshirishga imkon beruvchi dasturlar ushbu turdagi

paketlarda ko’zda tutilgan vositalar quyidagilarga imkon beradi:

•matnni bir yerga jamlash (terish); barcha iloji bo’lgan foydalanish va

poligrafik tasvirlashni amalga oshirish; eng yaxshi mantli prosessorlar darajasida

matn tahrir qilishni amalga oshirish;

•grafik tasvirlarni ishlab chiqish;

poligrafik sifatli hujjatlar chiqarishni ta’minlash;

tarmoqlar va har xil platformalarda ishlashga.

Grafik muharrirlar — grafik axborotlarni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan paketlardir. Ular rastrli va vektorli grafiklarni ishlab chiquvchi ADPga bo’linadi.

Vektorli grafika bilan ishlash uchun paketlar badiiy va texnik tasvirlar bilan keyinchalik rangli bosib chiqarish bilan bog’liq kasbiy ishlash uchun mo’ljallangan

(masalan, dizaynerning ish joyi) loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari uchun va stol ustidagi nashriyot tizimlari o’rtasida oraliq joyni egallaydi. Ushbu sinfdagi paketlar hozirgi vaqtda grafik tasvirlarni murakkab aniq ishlab chiqilishini amalga oshirish uchun vazifaviy vositalarning ancha keng majmuiga ega va o’z ichiga quyidagilarni oladi:

• grafik tasvirlarni yaratish uchun vositalar;

• tekislash vositalari (asosiy chiziq va bet bo’yicha, kesishish katagi, eng yaqin

nuqta bo’yicha);

• obyektlar bilan manipulyasiya qilish vositalari;

• paragraflarni rasmiylashtirish va zamonaviylashtirish, har xil shriftlar bilan

ishlash qismida matnni ishlab chiqish vositalari;

• turli xil formatlardagi grafik obyektlar (fayllar)ni import (eksport) kilish

vositalari;

• ekran tasvirini poligrafik bajarishga tegishli ravishda sozlash bilan bosmaga

chiqarish vositalari;

Elektron jadvallar (jadvalli prosessorlar) tashkil qilingan ma’lumotlarni jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo’ljallangan dasturlar paketi.

Ishlarni tashkil qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki uning tarkibiy bo’linmasini turli resurslar (vaqt, mablag’, materiallar)dan foydalanishni rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturlar paketlaridir.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni yaratish, saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ko’pgina mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Namoyish qilish grafiklarining paketlari ba’zi bir tahliliy tadqiqotlar natijalarini ko’rgazmali va dinamik shaklda taqdim etishga qaratilgan ishga tegishli axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo’ladi.

Mul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish va ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo’ljallangan. Dasturli vositalardan tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo’shimcha platalar bilan jihozlanishi mumkin.

Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari grafik tasvirlarni ishlab chiqish bilan bog’liq dasturlar paketlarining o’zgacha turli-tumanligidar. Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida konstruktorlik ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu paketlar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega:

• foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo’lib ishlashi;

• fayllarning barcha imkon bo’lgan formatlarda eksporti-importini;

• obyektlarni masshtablashtirish;

• obyektlarni guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o’lchamlarini

o’zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish;

• qaytadan chizish (fonli, qo’lda, uzilgan holda);

• fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;

• egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko’p burchaklarni

chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik vositalaridan foydalanish, alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish va h. k.; Alomatlarni bilib olish dasturlari — bu, alomatlar kodlaridagi harflar va raqamlarning grafik tasvirlarini tarjima qilish uchun mo’ljallangan. U skaner bilan

birgalikda ishlatiladi.

Moliyaviy dasturlar guruhi har xil paketlar bilan taqdim etilgan: yozuv daftarchasi va moliyaviy operatsiyalar yozuvi (pul mablag’larining balansi, zayomlar va kreditlar bo’yicha foizli to’lovlarni aniqlash, pul kiritmalarining vaqtincha tuzilmalari va h. k.) ko’rinishidagi ishga doir yozuvlarni olib boorish uchun.

Tahliliy tadqiqotlar uchun o’zini yaxshi tavsiya etgan Stat Graphics, Systat

va “Статистик-Консультант” statistika paketlaridan foydalaniladi.